16 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,3 °C

Madaniyat
17 Iyun  2019 1372

Jerar Deparde Nukusdagi Savitskiy nomli muzeyga tashrif buyuradi

Fransiyaning “B-Tween” prodyuserlik kompaniyasi vakillari 14-iyun kuni mashhur kino yulduzi Jerar Deparde ishtirokida O‘zbekistonning tarixiy va me’moriy merosi, madaniy va gastronomik an’analari haqidagi hujjatli filmni suratga olish ishlarini tashkil qilish uchun mamlakatimizga tashrif buyurishdi, deb xabar qiladi Turizimni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.

O‘zbekiston haqidagi filmga oid loyiha respublikamizning Fransiyadagi elchixonasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi tomonidan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Fransiyaning “B-Tween” kompaniyasi ko‘p yillar mobaynida kino va audiovizual ishlab chiqarish, mamlakat va uning tashqarisida filmlar tasvirga olish bilan shug‘ullanadi. Kompaniya bir necha yil davomida madaniy mavzuga oid teleloyihalarni amalga oshirib keladi va Fransiya Audiovizual xolding tarkibiga kiradi. Kompaniya yevropaning yetakchi “France Télévisions”, “ARTE”, “EuropaCorp” telekompaniyalari bilan faol hamkorlik qiladi.

Kinosayohat doirasida kompaniyaning ijodiy guruhi Toshkent, Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlarda bo‘lib, me'moriy va tarixiy yodgorliklar hamda syomkalar uchun qiziqarli lokatsiyalarni o‘rgandi, mahalliy hunarmandlarning ishlari bilan tanishdi va milliy taomlarimizdan bahramand bo‘lishdi.

Kartinaning “Sahrodagi Luvr” bilan bog‘liq qiziqarli syujetlaridan biri fransiyalik kinoakterning Nukusdagi Savitskiy nomli muzeyga tashrifi bo‘lishi kutilmoqda.

Hujjatli filmda o‘zbekona mehmondorchilik sirlari namoyish etiladi.

Fransiyalik mutaxassislarning fikricha, “Ipak yo‘li” filmi O‘zbekistonni ko‘p asrlik tarix va boy an'analarga ega qiziqarli turistik yo‘nalish sifatida namoyish etib, mamlakatning yorqin tashrif qog‘oziga aylanadi.

52 daqiqalik film translyatsiyasi Fransiya telekanallaridagi eng yaxshi efir vaqtlarida uzatilishi rejalashtirilgan. Filmning asosiy epizodlarini tasvirga olish 2019-yilning sentyabr oyiga mo‘ljallangan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech