25 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,9 °C

Transport
5 Dekabr  2019 2656

Yangi yil bayrami munosabati bilan poezdlarga chegirmalar e'lon qilindi

Prezidentimizning 2019-yil 14-noyabrdagi “2020-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2019 yilning 31-dekabr – 2020-yilning 2-yanvar kunlari mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchilarga chegirmalar taqdim etadi, deb xabar qiladi jamiyat matbuot xizmati.

Quyidagi chegirmalar taqdim etilmoqda:
- Nafaqaxo‘rlar, nogironlar, 1941-1945-yilgi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilganlarga – 50%;
- Oliy o‘quv yurtlari talabalari, maktab o‘quvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DSQ, DBQ maxsus ta'lim muassasalari talabalariga – 15%;
-  Oilaviy (ikki yoki undan ortiq kishi – eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan ona) (nikoh guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda) – 15%;  
- Kollektiv (hamkasablarga) (4 kishidan ortiq – yo‘riqnoma asosida)  – 15%;
- “Afrosiyob” tezyurar elektropoezdlarida barcha toifadagi yo‘lovchilarga – 10%.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech