21 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,4 °C

Salomatlik
7 Yanvar  2019 1661

O‘zbekistonda majburiy tibbiy sug‘urtalash joriy etiladi

Bu tartib qachondan boshlab amalga oshiriladi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, tibbiyotda bir qadar islohotlar qilinadi.

Farmonga ko‘ra, 2019–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi, 2019–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

2019-yil 1-apreldan boshlab respublikaning ayrim tumanlarida tibbiyot muassasalarini “har bir davolangan holat” uchun klinik-xarajat guruhlari bo‘yicha va kishi boshiga moliyalashtirish tizimini eksperiment tartibida joriy etish belgilangan.

Eksperiment natijalarini tanqidiy tahlil qilish asosida moliyalashtirishning yangi mexanizmlari 2020-yil 1-apreldan boshlab respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich tatbiq etiladi.

2019-yil 1-iyuldan boshlab viloyat va tuman (shahar) darajasidagi statsionar sog‘liqni saqlash muassasalarida aralash moliyalashtirish tizimini joriy etish, bunda kafolatlangan bepul tibbiy xizmat hajmiga kirmaydigan davolash turlari pullik asosda amalga oshiriladi.

O‘sha muddatdan ayrim davolash-profilaktika muassasalari ishlab chiqilgan investitsiya loyihalari asosida belgilangan tartibda investorlarga ishonchli boshqaruvga beriladi.

2021-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasida majburiy tibbiy sug‘urtalash bosqichma-bosqich joriy etiladi.

2019-yil 1-iyulga qadar quyidagilarni nazarda tutadigan “Majburiy tibbiy sug‘urtalash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilishi va Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlaydi:

- majburiy tibbiy sug‘urtalashning huquqiy asoslari, mexanizmlari va joriy etish bosqichlari;

- majburiy tibbiy sug‘urtalash sub’ektlarini, ushbu sohadagi huquqiy munosabatlarni tartibga solish bo‘yicha vakolatli organni, ularning huquq va majburiyatlarini belgilash;

majburiy tibbiy sug‘urtalash dasturlarini moliyalashtirish mablag‘larini shakllantirish manbalari;

Bu kabi qonuniy asoslar tibbiyotda samarali natijalarga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mehrangiz Usmonova

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech