20 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,4 °C

Xalqaro munosabatlar
13 Iyun  2019 416
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

O‘zbekiston va Afg‘oniston Prezidentlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

ShHTning Bishkek sammiti tadbirlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani bilan uchrashdi.

 

Davlatimiz rahbari turli darajadagi ikki tomonlama muloqotlar faollashgani, tovar ayirboshlash hajmi ortayotgani, o‘zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlik va gumanitar almashinuvlar kengayib borayotganini alohida ta’kidladi.

Uchrashuvda Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga ko‘maklashish hamda ushbu mamlakatni Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlikka jalb etishga qaratilgan aniq dastur va loyihalarni ro‘yobga chiqarishning amaliy masalalari ko‘rib chiqildi.

Prezident Ashraf G‘ani Afg‘onistondagi vaziyatni tez fursatda tinch yo‘l bilan hal etish borasidagi faol sa’y-harakatlari uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech