26 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,6 °C

Mamlakatimizda
20 May  2019 669

Zargarlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar aholidan qimmatbaho tosh va metallarni sotib olishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasida zargarlik tarmog‘ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi (PF–5712, 18.05.2019 y.). Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Farmon bilan 2019-yil 1-iyuldan:

- zargarlik bo‘yicha litsenziyasi bo‘lgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarga o‘zi ishlab chiqargan zargarlik buyumlarining asillik darajasini mustaqil belgilash va ularga asillik darajasi izlarini qo‘yish huquqi berildi;

- zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi litsenziyaga ega yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘z mahsulotlarini mustaqil sotishi, aholidan qimmatbaho metallar parchalari, qimmatbaho toshlar va buyumlarni sotib olish huquqiga ega;

- davlat ulushi bo‘lmagan yoki davlat ulushi 50 foizdan kam bo‘lgan tadbirkorlar ishlab chiqarishda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni sarflash, hisobini yuritish va saqlash tartibini mustaqil belgilaydi;

- jismoniy shaxslar qiymati 5 ming dollardan ko‘p bo‘lgan zargarlik buyumlarini deklaratsiya to‘ldirgan holda O‘zbekistondan tashqariga olib chiqishi mumkin;

- zargarlik sohasidagi tadbirkorlar “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasiga ixtiyoriy a'zo bo‘lsa, uyushma a'zolarining imtiyoz va preferensiyalari ularga ham tatbiq etiladi.

2019-yil 1-iyundan qimmatbaho metallarni sotib olish uchun berilgan bank kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlari Tadbirkorlik faoliyatni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kompensatsiya qilish orqali zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar qo‘llab-quvvatlanadi.

Farmon bilan, tijorat banklari va zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilariga quyidagi huquqlar berildi:

- “Navoiy KMK” DK va “Olmaliq KMK” AJdan qimmatbaho metallarni o‘lchov plastinalari ko‘rinishida, 5 gramm va undan ortiq bo‘lgan granulalarni London qimmatbaho metallar birjasining tongi fiksingi asosida sotib olish;

- sotib olingan metallarni boshqa zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilariga sotish.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech