23 Fevral 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +4,4 °C

Transport
24 Dekabr  2019 3369

Moskva-Andijon-Moskva yo‘nalishidagi reyslar amalga oshirila boshlandi

«Andijon» xalqaro aeroporti davomli tanaffusdan so‘ng «Uzbekistan Airports» AJ sa'y-harakatlari bilan o‘z faoliyatini qayta tiklamoqda.

O‘zbekiston Respublikasi aviatsion hukumati tomonidan olingan ruxsatga muvofiq, joriy yilning 22-dekabridan Rossiyaning «IrAero» aviakompaniyasi «Superjet-100» samolyotida Moskva-Andijon-Moskva yo‘nalishidagi reyslarni amalga oshira boshladi, deb xabar qiladi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.

«IrAero» – Rossiya Federatsiyasining 1999-yilda asos solingan aviakompaniyasi. Aviakompaniya muntazam ravishda butun Rossiya hamda yaqin xorijiy mamlakatlar hududlari bo‘ylab yo‘lovchilarni tashish bilan shug‘ullanadi. Farg‘ona vodiysining transport tarmoqlaridan biri hisoblangan Andijon aerodromi 1954-yilda qurilgan. Oxirgi muntazam reys – Andijon-Toshkent yo‘nalishida o‘tgan yilning oktyabr oyida VS Boeing-757 havo kemasida amalga oshirilgan.

«Uzbekistan Airports» AJ Transport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan xorijiy sayyohlarni respublikaga jalb qilishga doir qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston aeroportlariga aviareyslar sonini oshirish hamda parvozlar geografiyasini kengaytirish bo‘yicha faol ishlashda davom etadi, deyiladi xabarda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech