11 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,9 °C

Kеyingi avlod
14 Noyabr  2019 999

Ilk bor boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilimi xalqaro tizim bo‘yicha baholanadi

Bugun Toshkent shahridagi 238-umumta'lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov hamda AQShning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Deniel Rozenblyum ishtirokida EGRA va EGMA pilot loyihasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qiladi vazirlik matbuot xizmati.

EGRA va EGMA tadqiqotlari boshlang‘ich sinflarni o‘qitishda tizimli bo‘shliqlarni tashxislash va ularni hal etishning eng maqbul yechimlarini aniqlovchi, o‘qish hamda savodxonlik ko‘nikmalarini sinovchi ilmiy asoslangan modellar hisoblanadi.

Ushbu tadqiqotlar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan AQShning Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Mazkur loyiha 2019-yil 28-sentabrda XTV va USAID o‘rtasida 50 million dollarga imzolangan besh yillik rivojlanish maqsadlari to‘g‘risidagi bitimning birinchi tarkibiy qismidir.

EGRA va EGMA tadqiqotlari yurtimizning 12 viloyatida 7 tilda hamda ingliz tilida olib borilishi rejalashtirilgan.

Pilot tadqiqotlar ikki hafta davomida mamlakatimizning 70 ta maktabida o‘tkaziladi hamda 1,4 mingta 2-sinf va 1,4 mingta 4-sinf o‘quvchilarini qamrab oladi.

Sinovning asosiy maqsadi har bir til uchun vositalarni sinab ko‘rish, ma'lumotlarni yig‘ish, shuningdek, ushbu tillarda imtihon topshirish amaliyotini sinab ko‘rishdan iborat.

Test o‘tkazish uchun 5 nafar imtihon oluvchilardan tarkib topgan guruhlar tashkil etildi.

2020-yilning may oyida O‘zbekiston maktablarida to‘liq tadqiqotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tadqiqotlar 10 kun davomida tasodifiy tanlangan 940 ta maktabda o‘tkaziladi. Mazkur jarayonga 11,28 mingta 2-sinf va 4-sinf o‘quvchilari qamrab olinadi. Sinovlarda har bir sinfda 12 nafar o‘quvchi ishtirok etadi.

EGRA va EGMA tadqiqotlarining yakuniy natijalari 2020-yilning avgust oyida e'lon qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov bugungi kunga qadar o‘quvchilar bilimini baholashning ob'ektiv tizimi yo‘qligini ta'kidladi:

– Hozirda Xalq ta'limi vazirligi xalqaro tajriba va tadqiqotlar asosida bu kabi tizimlarni joriy etish ustida ishlamoqda. Ilk bora xalqaro tizim asosida o‘quvchilar bilimi baholanyapti. Ushbu tadqiqotlar O‘zbekiston natijalarini boshqa davlat ma'lumotlari bilan taqqoslash va ularni hal etishning eng yaxshi usullarini topish imkonini beradi. Shu munosabat bilan direktor va o‘qituvchilarni baholashning xolisligini ta'minlashga chaqiraman. Chunki ma'lumotlar ta'lim tizimidagi muammolarni aniqlashga yordam beradi, ­– deydi vazir.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech