19 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3 °C

Energetika
17 Yanvar  2019 3678

Hisoblagichlar “O‘zbekenergo” kompaniyasining hisobidan almashtiriladi

Investitsiyalar bo‘yicha Davlat qo‘mitasida “Elektr energiyasidan foydalanishni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini amalga oshirish doirasida Qo‘shimcha kelishuv imzolandi.

 Ushbu hujjat respublikaning barcha hudularidagi iste’molchilarning hisoblagichlaridan kelib tushadigan axborotni yig‘ish va tahlil qilishga mo‘ljallangan ENHAT (elektr energiyasidan foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi) ─ Yagona ma’lumotlar bilan ishlash respublika markazini tuzish ko‘zda tutilgan. Ushbu markaz elektr tizimini boshqarish uchun hizmat qiladi.

─ Mamlakatimiz uchun ham bu loyiha chet elda amalga oshirilayotgan birinchi ulkan energetik loyihadir, ─ dedi Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Kvon Yon U. ─ Loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshishi nafaqat O‘zbekiston uchun, balki Markaziy Osiyo uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Loyihani amalga oshirish uchun Janubiy Koreya “KT Corporation” kompaniyasi bilan 2015-yilda shartnoma tuzilgan va hisoblagich tizimlarning yangi turlarini o‘rnatish uchun Buxoro, Samarqand va Jizzax viloyatlaridan tumanlar tanlab olingan.

– Yangi tizim joriy etilgandan so‘ng biz iste’mol qilingan elektr energiyasi haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lamiz. Biz eng yangi asboblar o‘rnatmoqchimiz, ular kelajakda ishi to‘xtab qolmaydigan tizimni yaratishga imkoniyat beradi, – deydi ENHAT joriy etish va muvofiqlashtirish Direksiyasi boshlig‘i Sherzod Xo‘jaev.

Shu bilan birga,  “O‘zbekenergo” AJ vakili shuni ta’kidladiki, yangi asboblarni xarid qilish va o‘rnatish ishlari iste’molchilarning moddiy manfaatiga hech qanday zarar qilmay, kompaniyaning hisobidan amalga oshiriladi. Hisoblagichlar o‘n yilda bir marta tekshiriladi, tekshirish jarayoni ham energetik kompaniyaning hisobidan amalga oshiriladi.

Bunday markaz joriy yilning 1-sentyabriga qadar tashkil etiladi. Bu yog‘iga esa energo tarmoqni zamonaviy o‘lchov asboblari bilan jihozlash, iste’molchilarga nazorat uskunalarni yetkazib berish qoladi.

Sandjar Yakubov.

Muzaffar Abdullaev surati.    

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech