22 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent 0 °C

Tashvishli xabar
8 Oktyabr  2019 1196

Bekoboddagi bog‘cha bolalari nimadan zaharlangani ma'lum bo‘ldi

Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda Toshkent viloyati, Bekobod tumanidagi 15-sonli MTT tarbiyalanuvchilarida kuzatilgan o‘tkir diareya va gastroenteritning kelib chiqish sabablari batafsil o‘rganib chiqildi, deb xabar beradi Maktabgacha ta'lim vazirligi matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi qoshidagi Respublika DSENM xulosasiga ko‘ra, bolalarda kuzatilgan o‘tkir diareya va gastroenteritga taom tayyorlash texnologiyasining qo‘pol tarzda buzilishi, nomuvofiq taomnomahamda ovqatlanish bo‘limi va MTTning boshqa xodimlari (tarbiyachilar va tarbiyachi yordamchilar) tomonidan sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilmaganligi sabab bo‘lgan.

15-sonli MTT mudirasi Raxmatullaeva Mohira Abdumalikovna, oshpaz Qaxramonova Shohida Abrorovna va hamshira Ergasheva Mavluda Ergashevna lavozim majburiyatlarini bajarmaganligi va loqayd hatti–harakati natijasi oqibatida bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazilganligi sababli, egallab turgan lavozimlaridan ozod etildilar.

27-sentabrdan 6-oktabrgacha MTT faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilgan. Tashkilotda umumiy tozalash, dezinfeksiya tadbirlari va MTTdagi sanitariya-texnika vositalarini ta'mirlash ishlari amalga oshirilgan. Xodimlarga sanitariya normalari va qoidalari bo‘yicha 3 kunlik o‘qish tashkil etilgan.

MTT 7-oktabrdan boshlab ishga tushdi va tarbiyalanuvchilarni yana qabul qila boshladi, deyiladi vazirlik xabarida.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech