21 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,6 °C

Energetika
30 Sentyabr  2019 910

“O‘zneftgazinspeksiya”: 8 milliard so‘mlik gaz noqonuniy ishlatilgan

Ko‘plab ogohlantirishlarga va belgilangan tartibda choralar ko‘rilganiga qaramay, yakka tartibdagi biznes vakillari, shuningdek, aholi tomonidan tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik davom etmoqda, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Joriy yilning sentyabr oyi davomida “O‘zneftegazinspeksiya” tomonidan respublikada gazdan noqonuniy foydalanish bo‘yicha o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida gaz ta'minotiga 300 dan ortiq noqonuniy ulanishlar oqibatida jami 8 mlrd. so‘mga yaqin zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Xususan, Andijon viloyatida joylashgan “Muxammad XSSNChF” korxonaga qarashli ohak ishlab chiqarish sexida 390 mln. so‘mdan ortiq, 394 ming metr kub, shuningdek, Toshkent viloyatida joylashgan “Xurram Savdo” MChJga qarashli ohak ishlab chiqarish sexida jami 128 mln. so‘mdan ortiq 128 772 metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilganligi aniqlandi.

Umuman olganda, joriy yilning boshidan 2250 dan ortiq tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanish holatlari aniqlangan bo‘lib, tegishli choralar ko‘rish uchun hujjatlar huquni muhofaza qilish organlariga topshirildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech