23 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,9 °C

Mamlakatimizda
4 Iyun  2019 582

Yurtimiz hududida xorijiy OAV vakillari faoliyatini tartibga soluvchi qoidalarga qo‘shimcha kiritildi

Hukumat qarori (453-son, 03.06.2019 y.) bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari muxbirlarining kasb faoliyatini tartibga soluvchi asosiy qoidalarga qo‘shimchalar kiritildi, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, chet eldagi vatandoshlarimizga tegishli ommaviy axborot vositalarining doimiy xorijiy muxbirini akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi qaror Tashqi ishlar vazirligiga ariza berilgan vaqtdan boshlab 5 ish kunida qabul qilinadi.

Mazkur qarorni qabul qilish uchun O‘zbekistonning chel eldagi vakolatxonasi yoki konsullik muassasasining tavsiyanomasi asos bo‘ladi.

Bunda, akkreditatsiya olish uchun asosiy hujjatlarga qo‘shimcha ravishda xorijiy OAV ta'sischisi va uning moliyalashtirish manbalari haqida ma’lumot ham taqdim etiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech