26 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19,9 °C

Transport
21 May  2019 931

Yunusobod metro yo‘nalishida dastlabki burg‘ulash ishlari yakunlandi

Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishida yopiq usulda qurilayotgan yangi stantsiyalar oralig‘idagi tunnelning birinchi yo‘nalishida uzunligi qariyb 1,5 kilometrlik burg‘ulash ishlari yakunlandi, deb xabar bermoqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati.

Germaniyadan keltirilgan “Herrenknecht” rusumli tunnel burg‘ulash texnikasi yordamida 938 komplekt temir-beton xalqalar o‘rnatilib, Yunusobod liniyasining “Shahriston” bekati bilan ulanish uchun tayyorlangan maxsus qismiga yetib keldi.

Ayni paytda poytaxtimizning Yunusobod yo‘nalishida 2-bosqich qurilishi davom etmoqda. Ta'kidlash joiz, yangi yo‘lning umumiy uzunligi 2,93 kilometrni tashkil etadi.

Bugungi kunda metroning tunnel qurilish-montaj ishlari ochiq va yopiq usulda olib borilmoqda. Mazkur yer osti qurilish ishlarida “Ko‘prikqurilish tresti” unitar korxonasining 67-Ko‘prikqurilish otryadi jamoasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda ushbu ob'ektga 180dan ortiq malakali muhandis va mutaxassislar 40ga yaqin zamonaviy maxsus texnika va mexanizmlarda kechayu-kunduz, uzluksiz ish olib borishmoqda. Tonnelning ochiq usuldagi  qurilishlari deyarli yakuniga yetkazildi.

Loyiha 2019-yil oxirigacha to‘la nihoyasiga yetkazilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu bunyodkorlik ishlari nihoyasiga yetkazilgach, Yunusobod metro yo‘nalishiga yana ikkita bekat qo‘shiladi. Bular “Yunusobod” va “Turkiston” bekatlari bo‘lib, har ikkisi ham sharqona me'morchilik an'analari asosida barpo etilmoqda. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech