17 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,4 °C

Ijtimoiy hayot
4 Mart  2019 1106

Yoshi kata ayolni avtobusdan tushirib yuborganlar hayfsan oldi

Ijtimoiy tarmoqlarda yana jamoat transporti bilan bog‘liq mojaro aks etgan video tarqalgandi. Oldingisida nogiron odamni avtobusga chiqarishmagandi.

 

Bunisida 51-avtobus yo‘nalishida haydovchi va chiptachi keksa ayolga qo‘pol muomalada bo‘lib, avtobusdan tushirib yuborgan. Voqyeani “Toshshahartransxizmat” shoshilinch tarzda komissiya tuzib, o‘rganib chiqqan. Haydovchi va chiptachidan voqyea yuzasidan tushuntirish xati olingan.

Haydovchi va chiptachi kasb odobiga rioya etmagani, muomala madaniyatini buzgani, yo‘lovchiga qo‘pol muomalada bo‘lgani uchun ularga nisbatan ichki tartibdan kelib chiqib hayfsan e'lon qilingan.

“Biroq haydovchi va chiptachi so‘zlariga ko‘ra, keksa ayol o‘zi aytganidek birinchi marta emas, balki bir necha marta avtobusda bepul yurgan. Ayol u tekinga avtobusdan foydalanish huquqi borligini aytgan. Ammo bunga hyech qanday asos mavjud emas. Shu bois haydovchi va chiptachi uni avtobusdan tushirib yuborgan”, deyiladi xabarida.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech