20 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,8 °C

Mamlakatimizda
12 Sentyabr  2019 567

Yosh oilalarni uy bilan ta'minlash bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilindi

Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta'minlashni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori (760-son, 11.09.2019 y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Qarorga ko‘ra, yosh oilalar uchun qurilayotgan 2116 ta uy-joy qiymati dastlabki badalining 65 foizigacha bo‘lgan qismi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mablag‘i hisobiga 7 yil muddatga qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foiziga teng bo‘lgan stavkada ssuda tariqasida ajratiladi (hozirga qadar boshlang‘ich badal O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan to‘liq to‘lab berilgan).

Shuningdek, ipoteka krediti bo‘yicha birinchi 5 yil nihoyasiga yetgach keyingi butun muddat uchun hisoblangan qayta moliyalashtirish stavkasiga teng miqdordagi foizlarning 25 foizi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mablag‘i hisobiga to‘lanadi.

2020-yildan boshlab quriladigan uy-joylar uchun:

-  dastlabki badallar hamda kredit bo‘yicha birinchi besh yildan keyingi foiz to‘lovlari yosh oilalarning o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi;

- kreditdan foydalanishning birinchi 5 yili davomida har yili foiz stavkasi qat'iy belgilangan 7 foizdan qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bosqichma-bosqich oshib boradigan stavkada va keyingi davrda qayta moliyalashtirish stavkasida belgilanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech