12 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +2,2 °C

Mamlakatimizda
2 Aprel  2019 1285

Yetti oydan buyon ta’lim krediti ololmayotgan fuqaro muammosi hal etildi

Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati federatsiyasi hududiy jamiyatlari tomonidan fuqarolarning iste'molchi sifatidagi huquqlarini himoya qilinishida barcha yo‘nalishlarda yaqindan yordam berib kelinmoqda.

 

Federatsiya matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yaqinda Uchqo‘rg‘on tuman jamiyatiga tumandagi 30-maktab o‘qituvchisi Alieva Rohatoydan ariza kelib tushgan.

Gap shundaki, Rohatoy Alieva 2018-yilning sentyabr oyidan buyon “Agrobank” ATBning tumandagi filialidan farzandi uchun ta’lim krediti – 4 900 000 so‘m mablag‘ni ololmayotgani, murojaat qilsa, turli sabab va bahonalar bilan uni sarson qilishayotganini bildirgan.

Jamiyat mutaxassislari vaziyatni o‘rganib chiqib, Markaziy bank va “Agrobank” ATB viloyat filiali vakilari bilan bog‘lanib, masalaning ijobiy hal qilinishida iste'molchiga yordam ko‘rsatildi. Natijada R.Alieva bir necha oylardan buyon ola olmayotgan ta'lim kreditiga ega bo‘ldi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech