14 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,4 °C

Dolzarb
9 Sentyabr  2019 515

Yerevanda qo‘l yukida bomba bor, degan yo‘lovchi hibsga olindi

«Sibir» aviakompaniyasining Yerevan-Moskva parvozini amalga oshiruvchi reysida bir yo‘lovchi to‘polon ko‘tarib, qo‘l yukiga bomba joylanganini aytdi. Uni darhol qo‘lga oldilar, biroq samolyotdan birorta xavfli buyum topilmadi, deya xabar qiladi Armaniston fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasi matbuot xizmati.

Qo‘mitaning Facebook ga joylashtirgan xabarida keltirilishicha, joriy yilning to‘qqizinchi sentabr kuni «Sibir» aviakompaniyasining 908-chi Yerevan-Moskva reysiga yo‘lovchilar chiqarilayotgan paytda ulardan biri qo‘l yukida bomba borligi aytgan.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, yo‘riqnomaga asosan hodisa haqida aviatsiya xavfsizligi xizmati va politsiya xabardor qilingan. «Signal olingandan so‘ng, aviatsiya xavfsizligi xodimlari yo‘lovchini (bomba haqida xabar bergan) tezda ajratib olishdi, uning qo‘l yuki nazoratga olindi, yo‘lovchilar samolyotni tark etdi», deyiladi xabarda.

Shundan so‘ng butun samolyot yo‘lovchilarning shaxsiy buyumlari, qo‘l yuki, boshqa yuklarni tekshirish amalga oshirildi.

«Tekshiruv natijasida taqiqlangan buyumlar, narsalar, materiallar va uskunalar topilmadi. Yolg‘on ma'lumot bergan yo‘lovchi «Zvartnots» aeroporti politsiya bo‘limiga topshirildi. Tergov ishlari boshlab yuborildi», deyiladi xabarda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech