21 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +2,2 °C

Voqea-hodisalar
9 Dekabr  2019 521

Yangi Zelandiyada vulqon otilishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Yangi Zelandiyadagi Uayt-Aylend orolidagi vulqon otilishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi RAA «Novosti»

Avvalroq TVNZ telekanali to‘rt nafar jabr ko‘rganlar haqida xabar bergan edi. Gamilton shifoxonasi, kanal ta'kidlaganidek, vulqon otilishidan jabr ko‘rganlarni qabul qilishga tayyorlab qo‘yildi.

Politsiya matbuot kotibi Jon Tims tabiiy ofatni kuzatib borayotgan va yoritayotgan «New Zealand Herald» gazetasiga: «Men bir kishining halok bo‘lganini tasdiqlay olaman», degan ma'lumotni aytgan.

Shuningdek, u voqyea natijasida yana boshqa qurbonlar ham bo‘lishi mumkinligini ta'kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat oroldan 23 odamni olib chiqqan, ammo qurbonlarning aniq soni baribir noma'lumligicha qolmoqda.

Sal ilgari Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern, vulqon otilishi paytida uning yaqinida yuzga yaqin odam bo‘lganini, shuningdek, bedarak yo‘qolganlar ham borligini ma'lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, vulqon yaqinida bo‘lganlarning aksariyati sayyohlar bo‘lishi mumkin. Yangi Zelandiya politsiyasi keyinchalik insonlar soni 50 dan kamroq bo‘lishi mumkinligini ma'lum qilgan. Ularning ba'zilari oroldan allaqachon olib ketilgani aytilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech