22 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,8 °C

Mamlakatimizda
1 Avgust  2019 342

Yakkabog‘ tumaniga yangi hokim tayinlandi

31-iyul kuni Qashqadaryo viloyati Xalk deputatlari Yakkabog‘ tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Sessiya ishida viloyat hokimligi vakillari, viloyat va tuman tashkilotlari rahbarlari hamda xalq deputlari Yakkabog‘ tumani kengashining deputatlari, ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashishdi.

Unda tashkiliy masala ko‘rildi. 

Viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri lavozimida ishlab kelgan Safarov Abdirasul Eshtemirovich Yakkabog‘ tuman hokimi etib tasdiqlandi. 

Sessiya ishida viloyat hokimi Zafar Ro‘ziev ishtirok etib, nutq so‘zlagan.

Safarov Abdirasul Eshtemirovich 1965-yil 15-fevralda Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. 1989-yilda Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutini tamomlagan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech