20 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,8 °C

Mamlakatimizda
16 Iyul  2019 489

“Xorazm” innovatsion texnoparki tashkil etildi

Xorazm viloyatining ilmiy-texnik va innovatsion salohiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi (585-son, 15.07.2019 y.). Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Qarorga muvofiq, Urganch davlat universiteti huzurida “Xorazm” innovatsion texnoparki tashkil etildi hamda uning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilandi.

Texnoparkning rezidenti maqomi Xorazm viloyati hokimligining qaroriga asosan xo‘jalik sub'ektlariga tanlov asosida 10 yil muddatga beriladi va ular keyinchalik texnopark direksiyasi tomonidan ro‘yxatga olinadi.

Qaror bilan Urganch sanoat kollejining bino va inshootlari Urganch davlat universitetiga berildi hamda kelgusida bu yerda texnopark direksiyasini joylashtirish belgilandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech