16 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,6 °C

Xavfsizlik
25 Sentyabr  2019 476

Toshkentda xalqaro terrorchilik tashkilotlariga qo‘shilmoqchi bo‘lgan shaxslar fosh etildi

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2441-moddasi 1-qismi (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) bilan fuqarolar B.T., U.M. va J.A.larga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar qiladi IIV matbuot xizmati.

Mazkur jinoyat ishi doirasida 2019-yilning 23-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV va DXX xodimlaridan iborat tergov-tezkor guruhi tomonidan Toshkent shahri hududida o‘tkazilgan tadbirlar natijasida, yuqorida qayd etilgan shaxslarning Suriya davlati hududidagi xalqaro terrorchilik tashkilotlarining safiga qo‘shilishni rejalashtirib kelganlikda gumon qilingan 8 nafar jinoiy sheriklari aniqlanib, ularning faoliyatiga chek qo‘yildi. Ushbu shaxslarning yashash manzillarida tintuv tergov harakatlari o‘tkazilib, jinoyat ishiga daxldor bo‘lgan ashyoviy dalillar olindi. Olingan ashyoviy dalillar yuzasidan tegishli ekspertizalar tayinlanib, hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Fuqarolarimiz, ayniqsa, yoshlarimizni ogohlantirib, bu kabi qonun buzilishlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida buzg‘unchi g‘oyalar ta'siriga tushib, ijtimoiy tarmoqlarning shubhali saytlaridagi da'vatlarga aldanib qolmasliklarini, jamoat tartibiga tahdid soluvchi materiallardan foydalanmasliklarini, saqlamasliklari va tarqatmasliklarini so‘raymiz, deyiladi xabarda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech