17 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19,6 °C

Mamlakatimizda
3 Aprel  2019 848

Xalqaro obligatsiya sotilishidan tushgan mablag‘lar nimaga sarflanadi?

2019-yil fevralda jahon moliya bozorlarida O‘zbekistonning 1 milliard AQSh dollari miqdoridagi 5 va 10 yillik suveren xalqaro obligatsiyalari joylashtirilgan edi, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” kanali.

 

O‘zbekiston Respublikasining ilk suveren xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag‘lardan samarali foydalanish to‘g‘risidagi Prezident qarori (PQ-4258, 02.04.2019 y.) bilan mablag‘lar mamlakat va xalqimiz farovonligini yanada oshirish, strategik muhim ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirish maqsadida tegishli foizlar bilan qaytarish shartlarida quyidagilarga yo‘naltiriladi:

- 889,2 mln. AQSh dollari auksion orqali tijorat banklarining depozitlariga joylashtiriladi;

- 20 mln. AQSh dollari “Agrobank” ATBga qarz sifatida beriladi;

- 89,9 mln. AQSh dollari “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasiga ssuda sifatida beriladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech