19 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,3 °C

Bo‘sh vaqtda
10 Noyabr  2018 1798

Тoza havo, tanga davo!

Bir hafta yaxshigina ishlagandan so‘ng dam olish kunlarini qanday o‘tkazsam ekan, degan savol paydo bo‘lishi tayin. Dam olishning eng zo‘ri toqqa borish ekan, sizga aytsam.

Oilaviy bo‘lib Parkent tumanidagi Kumushkonga borishga qaror qildik. Manzilga yetib kelgach, avvalo, sershovqin ulkan shahar aholisiga doim yetishmaydigan, tinch-osudalikni his etdik. Bu yerda hamma narsa boshqacha, bolalar xursand bo‘lib o‘yinga berilib ketishdi, sal narida yoshi ulug‘ otaxonlar bir piyola choy ustida qandaydir muhim narsani o‘zaro muhokama qilmoqda.

Hazrat Ali me’moriy majmuasini ziyorat qilishni niyat qilgandik. Juda g‘aroyib joylar va u yerga mashinada borib bo‘lmaydi, biroz piyoda yurishga ham to‘g‘ri keladi. Ko‘zlagan manzilimizga esa sifatli yotqizilgan zina yo‘lak olib boradi. Toza havo va ajoyib muhit charchoqlarni ketkazadi. Bu yerda kattalaru bolalar, butun boshli oilalar va yolg‘iz yo‘lovchilarni ham uchratish mumkin. Majmuaga kiraverishda tagidan buloq otilib chiqqan ulkan chinor sizga peshvoz chiqadi. Ko‘tarilishdan so‘ng muzdaygina buloq suvidan sipqorishning gashti o‘zgacha-da! Keyin ko‘p asrlik chinorga qo‘lni tekkizib niyat qilish kerak.

Bu joyda ilgari ham bo‘lganman va yoqtirib qolganim ham rost. Sayyohlik mavsumi yopilganiga qaramay, eshiklar doim ochiq. Oshxonalar ishlamagani uchun ham odam kam. Buning ham o‘ziga yarasha yaxshi tomoni bor, albatta. Jimjitlik va sokinlikda me’moriy majmua va tabiatdan zavq olib, sayr qilish mumkin. Tog‘da chor atrofga qor hidi yoyilgan va salqin havo ufurib turibdi. Bu hademay, qish boshlanishidan darak. Bunday manzilda inson o‘zini qushday yengil va ruhan tetik his etadi.

T.Kaysarov.
Muallif surati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech