
Mamlakatimizda
29
Aprel 2019
1739
Yuz yoshli urush veteraniga traktor sovg‘a qilindi
Belarus respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Leonid Marinich ikkinchi jahon urushi qatnashchisi 100 yoshli otaxon Abdurahim Mavlonovga MTZ-82.1 traktori kalitini topshirdi.
Belorusiyani bosqinchilardan ozod etishda ishtirok etgan otaxonni qutlash marosimi Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida bo‘lib o‘tdi, deya xabar qiladi BeLTA ma'lumotiga tayangan manba.
Sovg‘a qilingan traktordan Mavlonovlar oilasining fermer xo‘jaligida foydalaniladi.