14 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,4 °C

Turizm
16 Avgust  2019 629

Hindistonning «Vistara» aviakompaniyasi Buxoroga sayohatga chorlamoqda

Hindistonning «Vistara» aviakompaniyasi jurnalining iyul oyi sonida Buxoro shahrining tarixi, ma'naviy-madaniy boyligi hamda sayyohlik salohiyati haqida batafsil hikoya qiluvchi maqola taqdim etildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar qiladi. 

Ta'kidlash joizki, «Vistara» Hindistonning nufuzli va yirik yo‘lovchi tashuvchi aviakompaniyalaridan biri bo‘lib, asosan mamlakat bo‘ylab ichki parvozlarni amalga oshiradi. «Vistara»da har haftada Hindistonning 24 yo‘nalishi bo‘yicha 1200 reys qatnovi yo‘lga qo‘yilgan. “Buxoro – qadimiy karvonsaroylar shahri, UNESKO’ning jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan, shaharning har qadamida boy tarix va ulkan ma'naviy-madaniy meros nafasi ufurib turadi”, – deyiladi nashrda.

Maqola muallifi, taniqli jurnalist va bloger Brinda Gil Buxoroni Buyuk Ipak yo‘li markazidagi madaniyatlar va sivilizatsiyalar chorrahasi sifatida alohida e'tirof etadi. Shahar ko‘chalarini aylanuvchi sayyohlar iliqlik va mehmondo‘stlik muhitini his qiladi va aynan shu jihat qadimiy Buxoroning o‘ziga xos xususiyati bo‘lib kelgan, bu yerda asrlar davomida turli madaniyatlar o‘zaro uyg‘unlashib ketgan. Bundan tashqari, muallif Buxoroning 140 dan ortiq me'moriy majmuasi, Buxoro gilamlari va xalq amaliy san'atining noyob asarlari sotiladigan an'anaviy bozorlar va ko‘chalar haqida so‘z yuritadi. “Tabiiyki, Buxoro nafaqat qadimiy va jozibali me'moriy ansambllar, balki, fan va san'at markazidir, – deya ta'kidlaydi Brinda Gil. – Buxoro dunyoga zamonaviy tibbiyot asoschisi hisoblangan Abu Ali ibn Sino kabi ko‘plab buyuk olimlarni bergan”. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech