11 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,8 °C

Mamlakatimizda
12 Noyabr  2019 489

Video murojaat yo‘llagan Mingbuloqdagi maktab direktori ishdan bo‘shadi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Mingbuloq tumanidagi 36-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi direktori R. Hakimov tumani xalq ta'limi bo‘limi mudiri H. Maqsudovaning xatti-harakatlaridan  norozi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga video murojaat yo‘llagan.

Ushbu murojaat Namangan viloyati xalq ta'limi boshqarmasi tomonidan tuzilgan ishchi guruh tomonidan batafsil va atroflicha o‘rganib chiqildi, deb xabar qiladi Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati.

R.Hakimov yozgan o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etildi.

Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklari tufayli tuman xalq ta'limi bo‘limi mudiri H.Maqsudovaning tushuntirish xati olinib, intizomiy jazo choralari qo‘llanishi yuzasidan vazirlikka bildirish xati yuborilgan, deyiladi xabarda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech