15 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,6 °C

Mamlakatimizda
4 Oktyabr  2019 656

Veterinariya sohasi uchun kadrlar tayyorlaydigan OTM filiali ish boshlaydi

Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filialini tashkil etish to‘g‘risida Hukumat qarori (03.10.2019 y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Qarorga muvofiq, Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filiali institutning yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.

Filialda quyidagi bakalavr yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:

- Zooinjeneriya;

- Veterinariya meditsinasi;

- Veterinariya-sanitariya ekspertizasi;

- Veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari.

Filialda o‘quv jarayoni 2020/2021-o‘quv yilidan boshlanadi va qabul qilinadigan talabalar soni respublika OTMlariga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqib belgilanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech