15 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +0,2 °C

Dolzarb
27 Iyun  2019 1026

Venesuelada yana bir davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi

Mamlakat hukumati davlat to‘ntarishini amalga oshirish uchun qurol va pul berilayotganini isbotlovchi videoyozuvlarni qo‘lga kiritdi.

Venesuela hukumati navbatdagi davlat to‘ntarishga urinishning oldini olishga muvaffaq bo‘ldi.

Mamlakat Prezidenti Nikolas Maduroning bayonot berishicha, Venesuelada hokimiyatni o‘zgartirishga urinish ishtirokchilaridan biri, muxolifatning ekstremistik sektori bilan birga bo‘lgan Kolumbiya prezidenti Ivan Duke ekan, deya xabar beradi «Telesur».

Shunday qilib, mamlakat hukumati qo‘lida davlat to‘ntarishini amalga oshirish uchun pul va qurol o‘tkazilganini isbotlaydigan videolar bor.

Bundan tashqari, Aloqa va axborot vaziri Xorxe Rodriges muxolifatchilarning davlat rahbari Nikolas Maduroni o‘ldirish uchun xorijiy yollanma askarlarni - «isroillik, amerikalik va kolumbiyalik terrorchilarni» jalb etganini ta'kidladi.

 «Jami uchta — «Sukre», «Lander» va «Ulises» jangari guruhlari tashkil etilgan. «Sukre» guruhining maqsadi Prezident Maduroni qo‘lga olish va o‘ldirish edi», deya Rodrigesning so‘zlarini keltiradi RATA-TASS.

2019-yil 21-yanvarda Karakasda harbiy g‘alayonni tashkil etishga harakat qilib ko‘rishgandi va bu ish muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Shundan keyin Venesuela Oliy sudi muxolifat yetakchisi Xuan Guaidoni Milliy assambleyasi raisi lavozimidan chetlatgandi.

Bunga javoban, u fuqarolarni norozilik aksiyalarini uyushtirishga chaqirdi va o‘zini mamlakatning vaqtinchalik prezidenti, deb e'lon qildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech