12 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,3 °C

Energetika
12 Avgust  2019 671

Vazir o‘rinbosari zamonaviy hisoblagichlar to‘g‘risidagi savollarga javob berdi

O‘zbekiston  Respublikasi Energetika vazirligida OAV vakillari, blogerlar va faollar bilan elektr energiya hisobini yuritish bo‘yicha “aqlli” uskunalarni o‘rnatish borasida yuzaga kelgan savollarga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Hisoblagichlar o‘rnatuvchilarning o‘z ishini yaxshi bilmasligi haqidagi savollariga javob berar ekan, Energetika vazirining o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev sentyabr oyining o‘rtalarida yagona qisqa raqam, uyali aloqa operatorlariga o‘xshash  call-markaz ishga tushirilishini qayd etdi. Unda aholining barcha murojaatlari qayd qilinadi va tezkor javoblar qaytariladi.

Yangi hisoblagichlar elektr energiya iste'molini bir necha baravar oshirib ko‘rsatishi haqidagi noroziliklar xususida quyidagilar ma'lum qilindi.

Eski hisoblagich uskunalarida, ayniqsa, mexanik turlarida, avvaldan ta'sirchanlik chegarasi zamonaviy hisoblagichlarnikiga qaraganda ancha yuqori. Ular 30 yil va undan ortiq ishlaganligini e'tiborga oladigan bo‘lsak,  elektr iste'moli hisobini yuritishda ancha kamomadga yo‘l qo‘yadi. Yangi hisoblagichlar esa undan o‘tayotgan butun energiya hajmini qayd etadi. O‘tgan asrga oid hisoblagichlar esa buni qayd qila olmagan.

– Hisoblagichlarni yaratishda elektr energiyadan noqonuniy foydalanishni aniqlash bo‘yicha intellektual tizim qo‘llanilgan. Agarda iste'molchida avval hisobga olinmagan ulanishlar mavjud bo‘lsa, hisoblagich buni qayd etadi. Bu borada ikkita yo‘l bor edi. Hisoblagichni noqonuniy ulanishlar aniqlangan holda o‘chirishni yoki ushbu muammoni qayd etgan holda ishni davom ettirishni dasturlash mumkin edi. Biz ikkinchi yo‘lni tanladik, – deb izohladi Xo‘jayev.

Shuningdek, u yangi hisoblagichlar bitta raqamni ko‘rsatgani holda sms-xabarda boshqa raqam ko‘rsatilishi haqidagi keng tarqalgan shikoyatga ham izoh berdi.

– Tan olish kerakki, 2012-yilda foydalanishga topshirilgan mavjud biling tizimi eskirib qoldi. Oldimizda keng ko‘lamli vazifa – yangi billing tizimini ishga tushirish vazifasi turibdi va biz hozir ushbu yo‘nalishda ish olib boryapmiz. Yangi tizim ma'lumotlarni hisoblagichlar bilan sinxron tarzda, uzilishlarsiz aks ettiradi, – deb izohladi Xo‘jayev.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech