18 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7 °C

Xavfsizlik
4 Noyabr  2019 339

Vagon pechkasi ostidan 33 million so‘mlik viski chiqdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l chegara bojxona postidan fuqaro J.V. jami 66 litr viskini yashirincha olib o‘tmoqchi bo‘ldi, deb xabar qiladi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Ushbu fuqaro bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytmasdan hamda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatmasdan poezd vagonining tepa qismi(plafon)ga, shuningdek, vagon pechkasining pastki qismida yog‘ochlar ostiga xufyona tarzda yashirgan holda, umumiy qiymati 33 million so‘mlik 66 litr viskilarni tijorat maqsadida olib kelayotganligi ma'lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech