20 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,5 °C

Sport
20 May  2019 809

Vadim Abramov Toshkent derbisi haqida qanday fikrda

O‘zbekiston Super Ligasining  9-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” va “Bunyodkor” o‘rtasidagi Toshkent derbisida hisob ochilmadi. Ammo hakam “Bunyodkor” klubi urgan golni inobatga olganda  vaziyat boshqacha bo‘lishi ham mumkin edi, degan fikr ko‘pchilikning ko‘nglidan o‘tgani rost. Ushbu vaziyat va o‘yin haqida “Bunyodkor” bosh murabbiyi Vadim Abramov bilan qisqacha suhbatlashdik.

– Shu kunga qadar o‘zingiz ishtirok etgan matbuot-anjumanlarida hakamlarning ishini yomonlamagansiz. Lekin 18 mayda bo‘lib o‘tgan uchrashuvdagi hakamlarning ishiga qanday izoh berasiz?

– Hakamlar maydonda o‘z ishini qo‘ldan kelguncha bajarishdi. Menimcha bu gal omadimiz kelmadi va uchrashuvni nazorat qiladigan arbitr ham xato qilgan bo‘lishi mumkin. Har bir odam xato qilishi mumkin. Lekin buni “sotilgan uchrashuv” deb bo‘lmaydi. Afsus, bu galgi xato “Lokomotiv” foydasiga bo‘ldi.

– Demak o‘tgan uchrashuvda siz hakamlarning “Lokomotiv” klubiga yon bosganini ko‘rmadingiz?

– Yo‘q, ko‘rmadim. Yana bir marotaba qaytaraman hakamlar ham odam. Futbolda esa bu kabi holatlar tez-tez uchrab turadi. Buni to‘g‘ri qabul qilib o‘z ustimizda ishlashni davom etishimiz lozim.

O‘z karerangiz davomida, sotilgan uchrashuvlarda qatnashganmisiz?

 – Nima deyishni ham bilmayman... Hozir bu haqda o‘ylash menimcha, noto‘g‘ri. Chunki o‘tmishda bo‘lgan voqyealarni eslashdan foyda yo‘q. Hozir bitta yo‘l bor, faqat oldinga qarab, qo‘rquvsiz qadam bosish kerak.

Umid qilamanki, bu holat takrorlanmaydi.

– Super Liga jamoalari orasida eng yosh jamoa  “Bunyodkor” o‘z oldiga qanday maqsadlarni qo‘ygan?

– Bizning vazifamiz, har hafta maydonga tushib, chiroyli futbol ko‘rsatish orqali barchaga qo‘limizdan ancha narsa kelishini namoyish etish. Buning uchun har kuni mashg‘ulotlarda bor kuchimiz bilan harakat qilishimiz zarur. Agar jamoa yaxshi o‘yin ko‘rsatsa, bu klubning muxlislari soni ko‘payishiga olib keladi.  Maqsadimiz esa, har safar maydonga tushganda, raqibni mag‘lub etish. Ana o‘shanda hammasi yaxshi bo‘ladi.

Mansur Yahyoyev suhbatlashdi

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech