17 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,5 °C

Madaniyat
14 Avgust  2019 2292

Vashingtonda o‘zbek raqs san'atini o‘rganish dasturi tashkil etildi

Tadbir uch kunga mo‘ljallangan.

O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi binosida bo‘lib o‘tadigan tadbirda Kolumbiya okrugi, Merilend, Virjiniya, Pensilvaniya, Nyu-York, Nyu-Jersi, Florida, Kentukki va boshqa shtatlardan 20 ga yaqin tinglovchi ishtirok etmoqda.

Elchixona ma'lumotiga ko‘ra, treninglarni o‘tkazish uchun «Munojot», «Tanovar», «Intizor», «Buxoro yulduzi» kabi va boshqa milliy raqslari ijrochisi, taniqli raqqosa va xoreograf, O‘zbekiston xalq artisti Qizlarxon Do‘stmuhammedova tashrif buyurgan. U yosh hamkasblari bilan mahoratini o‘rtoqlashdi.

Uch kunlik trening dasturida an'anaviy o‘zbek raqsi va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarining o‘ziga xos xususiyatlari va elementlarini o‘rgatish, shuningdek, turli sozlardagi mahorat darsi, xalqimizning tarixi va madaniyati bo‘yicha seminar o‘tkazish ko‘zda tutilgan, deya xabar beradi TIV matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech