16 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -3 °C

Mamlakatimizda
15 Noyabr  2019 2475

O‘zbekistonda 2020-yilda bo‘ladigan qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi

“2020-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida” Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

 

Farmonga muvofiq, 2020-yilda fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida to‘liq dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida 23-mart – dushanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.

2020-yilda quyidagi dam olish kunlari ko‘chiriladi:

- 4-yanvar – shanba 2-yanvar – payshanbaga;

- 29-avgust – shanba 31-avgust – dushanbaga.

Shuningdek, 2020-yil 2-yanvar payshanba va 2020-yil 31-avgust dushanba kuni barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qat'i nazar, dam olish kuni hisoblanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech