20 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,3 °C

Madaniyat
19 Sentyabr  2019 755

Toshkentdaxalqaro kitob-ko‘rgazma yarmarkasi o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda “Tashkent Book Fest” xalqaro kitob ko‘rgazmasini tashkil etmoqda. Bu haqda agentlik telegram kanalida ma'lum qilindi.

Ko‘rgazma joriy yilning 2-4-oktyabr kunlari “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Xalqaro kitob ko‘rgazma yarmarkasiga tashrif buyurganlar xorijiy va mahalliy nashriyotlarning yangi va nodir kitoblari bilan tanishish, yangi asarlar taqdimotida ishtirok etish, chet el va o‘zbek adiblari, mualliflari bilan uchrashish imkoniga ega bo‘ladilar.

Tadbir doirasida yozuvchi, shoir va rassomlar bilan ijodiy suhbatlar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, sohaga oid seminarlar, mahorat darslari, treninglar va ko‘plab aksiya hamda kitob tanlovlari o‘tkaziladi.

Xalqaro kitob ko‘rgazma yarmarkasi — turli mamlakatlarning soha mutaxassislari o‘rtasida tajriba va fikr almashish, malaka oshirish uchun ajoyib maydon bo‘ladi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech