17 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,3 °C

Bilasizmi?
16 Mart  2019 2543

Serbiyada Nikola Teslaning maktubini topishdi

Bu haqda «Adligat» madaniy-tarixiy jamiyati vakillari ma'lumotiga tayanib xabar tarqatdi RATA-TASS.

 

Ushbu maktub 1934-yilning dekabrida yozilgan va Yugoslaviya qirolligining Nyu-Yorkdagi konsuli Radoe Yankovichga yo‘llangan. O‘z xatida Tesla kelib chiqishi serb bo‘lgan ixtirochi-fizik Mixail Pupin haqida hurmat bilan gapirgan. Ammo ilgari ular o‘rtasida kelishmovchilik mavjud bo‘lgan, degan fikrlar mavjud edi.

«Bu maktub ikki yirik olim o‘rtasidagi ziddiyat haqidagi barchaga ma'lum tarixni butunlay o‘zgartirib yuboradi va Tesla va serb olimi Pupinning o‘limidan sal oldin yarashgani to‘g‘risidagi ma’lumotni tasdiqlaydi. Bundan kelib chiqadiki, xat yozilgan paytida ikkala olim o‘rtasida hech qanday gina-kudurat bo‘lmagan va bir-biri bilan tezroq uchrashishni istashgan. Maktub yozilganidan so‘ng uch oy o‘tib, Pupin vafot etgan», deya keltiriladi manbada.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech