16 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,8 °C

IT-xabarlar
17 May  2019 715

Samarqand viloyatida bepul Wi-Fi zonalar tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-martdagi “2018-2019-yillarda Samarqand viloyatida turizmni yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Samarqand viloyatidagi quyida keltirilgan 13 ta ob'ekt atrofida bepul (1 Mbit/s gacha) va pulli (10 Mbit/s gacha) Wi-Fi zonalari tashkil etildi:

1)    Registon maydoni;

2)    Samarqand xalqaro aeroporti;

3)    Temiryo‘l vokzali;

4)    Hazrati Xizr masjidi;

5)    “Afrosiyob” muzeyi;

6)    “Amir Temur” maqbarasi;

7)    “Xo‘ja Doniyor” maqbarasi;

8)    “Shohi Zinda” ansambli;

9)    M.Ulug‘bek rasadxonasi;

10) “Bibihonim” madrasasi;

11) Al-Buxoriy majmuasi;

12) “Siyob” bozori;

13) M.Ulug‘bek avtoshoxbekati

Hozirgi kunda Wi-Fi zonalari sonini oshirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

Yuqorida ko‘rsatilgan ob'ektlarda Wi-Fi ga ulanganda, foydalanuvchiga bepul va pulli Wi-Fi tarmog‘iga ulanish taklif etiladi.

Foydalanuvchi bepul tarmoqni tanlasa, unga 30 sekundli reklama roligi ko‘rsatiladi, ushbu rolikni ko‘rib bo‘lgandan so‘ng bepul Internet tarmog‘idan foydalanishi mumkin. Internetga ulanish tezligi 1 Mbit/s gacha bo‘ladi.

Agar foydalanuvchi pulli Internetga ulanmoqchi bo‘lsa, unda unga Internet tarmog‘idan foydalanish davomiyligi vaqti taklif etiladi. Foydalanuvchi 1, 3, 9, 24 soat va 1 hafta davomida Internet tarmog‘idan foydalanishlardan birini tanlaydi. Ularning narxi ham turlicha bo‘lib, mos holda 1000, 2000, 4000, 6000 va 24000 so‘mni tashkil etadi.

Foydalanuvchi o‘ziga kerakli tarifni tanlab, to‘lovni Click yoki Payme tizimlari orqali amalga oshiradi va Internet tarmog‘iga ulanadi. Ushbu holatda foydalanuvchining Internet tarmog‘iga ulanish tezligi 10 Mbit/s gacha bo‘ladi, deb xabar berdi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech