06 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5,8 °C

Transport
17 Iyul  2019 1306

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida xalqaro ahamiyatga molik yo‘l ochildi

Bugun, 17-iyul kuni «Beynov – Akjigit – O‘zbekiston chegarasi» xalqaro avtomagistralining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi hukumati rahbari Abdulla Aripov va Qozog‘iston Respublikasi bosh vaziri Asqar Mamin ishtirok etdi.

Ushbu xalqaro avtomagistralni qayta ta’mirlash masalasi ikki davlat rahbarlari tomonidan 2017-yil 23-mart kuni Nur-Sulton shahrida imzolanib, O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va ahil qo‘shnichilikni mustahkamlash to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyadan o‘rin olgan edi.

Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Asqar Mamin joriy yilning 21-iyun kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya majlisi doirasida mamlakatimiz rahbariyatiga murojaat qilib, «Beynov – Akjigit – O‘zbekiston chegarasi» xalqaro avtomagistralining tantanali ochilish marosimida hukumat delegatsiyasining ishtirok etishi taklifini bildirgandi.

Mazkur avtomobil yo‘li mamlakatlarimizning iqtisodiyoti yuksalishi va o‘zaro tovar ayirboshlash hajmining ortishiga xizmat qiladi. O‘zbekistonning Qozog‘iston orqali Boltiqbo‘yi va yevropa mamlakatlariga chiqishida, shuningdek, dengiz bo‘yi mamlakatlari bilan bog‘lanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Avtomobil yo‘lining uzunligi 84 kilometr. Mazkur yo‘lni rekonstruksiya qilish va uni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ustyurt platosi orqali o‘tuvchi xalqaro avtomobil yo‘li bilan tutashtirishga 108 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ yo‘naltirilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech