21 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,8 °C

Dolzarb
15 Yanvar  2019 1787

Koreyada shaxsiy mashinasiz harakatlanishga qaror qilindi

Janubiy Koreya poytaxti ko‘chalari havosida mayda chang zarralari konsentratsiyasining juda oshib ketgani sababli aholiga shaxsiy avtomashinalardan foydalanish taqiqlab qo‘yildi, deya xabar beradi «Rossiyskaya gazeta».

Kimning mashinasi raqami oxiri toq sonda tugasa, ko‘chaga chiqishi mumkin ekams. Ushbu taqiq Pusan, Techjon, Sedjon, Kvanchjuda, Chxunchxondo va Cholla-Pukto provinsiyalarida amal qilmoqda.

Shuningdek, Seulga og‘irligi 2,5 tonnadan ziyod bo‘lgan va 2006-yilgacha ro‘yxatga olingan dizel yonilg‘ida yuruvchi avtomobillarning kirishi cheklanadi. Qoidani buzganlar 100 dollar miqdoridagi jarimaga tortilishi belgilab qo‘yilgan.

Hukumat aholini agar zarurat bo‘lmasa, uylaridan chiqmaslik haqida ogohlantirdi. Bu ayniqsa, yosh bolalar, yoshi ulug‘ kishilar va nafas olish yo‘llari xastaliklaridan aziyat chekuvchilarga taalluqli ekani aytilmoqda.

O‘z axborotimiz.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech