20 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,6 °C

Dolzarb
19 Mart  2019 1918

Yaponiyada bolalarni jismoniy jazolash taqiqlandi

Hukumat bolalarga shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lmaslik va bu boradagi mas’uliyatni oshiruvchi qonunchilikka mos o‘zgartirishlar kiritdi.

 

Shunday qilib, ota-onalar va vasiylar, shuningdek, ijtimoiy soha xodimlari va pedagoglar tomonidan bolalarni jismoniy jazolash uzil-kesil taqiqlandi. Hukumat bolalarni tahqirlagan, kamsitganlarga jinoiy jazo berish tartibini ham qat'iylashtirish niyatida. Bolalar reabilitatsiya markazlarida ham ishlar o‘zgartiriladi. Bolalar bilan bevosita yaqin aloqada bo‘ladiganlar bundan bu yog‘iga ularning vasiylari bilan muloqotga kirishmaydi.

Yaponiya hukumati bunday qarorga «esini kiritib qo‘yish» uchun bolalarning qattiq kaltaklanishi bilan bog‘liq bir necha holat qayd etilganidan so‘ng kelgan. Joriy yilning yanvarida Tiba shahrida yashovchi 10 yoshli qizaloq ota-onasining xo‘rlashidan so‘ng halok bo‘lgan. Uni muntazam kaltaklab turishgan, och qoldirib, sovuq bilan qiynashgan. Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bolalarga shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lganlarni bir oy muddat ichida o‘rganib, qaror chiqarish to‘g‘risida farmon bergan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech