19 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,3 °C

Mamlakatimizda
19 Mart  2019 2599

Xivada yana ikkita mehmonxona, musiqali favvora va amfiteatrli bog‘ barpo etilmoqda

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan yurtimiz aholisi va chet ellik sayyohlarga qulaylik yaratish, mamlakatimizda turizmni yanada rivojlantirish maqsadida Xiva shahrida zamonaviy mehmonxona qurib foydalanishga topshirildi, deb xabar beradi jamiyat matbuot xizmati.  

 

“Xiva-Lokomotiv” mas'uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli inshoot 74 o‘rinli bo‘lib, 41 turdagi har xil (shu jumladan, 2-3 kishilik va VIP) xonalardan iborat. Bino ikki qavatli bo‘lib, o‘zida milliy me'morchilik an'analarini aks ettirgan. Sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida mazkur mehmonxona temir yo‘l vokzali yonida bunyod etildi.

Ma'lumot o‘rnida ta'kidlash joizki, “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan ko‘hna kentda yana ikkita mehmonxona qurilmoqda. Binolar Ichan va Dishan qal'a oralig‘ida joylashgan bo‘lib, 56 hamda 84 o‘rinli. Ushbu inshootlarda sayyohlar uchun barcha shart-sharoitlar jahon standartlari bo‘yicha joriy etilmoqda. Xususan, bu yerda yopiq turdagi basseyn, sauna, zamonaviy restoran faoliyat ko‘rsatishi rejalashtirilgan. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, mazkur mehmonxonalardan Ichan qal'agacha piyoda borish mumkin, transportga ham xojat yo‘q. Bunyodkorlik ishlari yakunlangandan so‘ng bu yerda 85 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. 

Shuningdek, shu kunlarda temiryo‘lchilar tomonidan “Xiva-Lokomotiv” istirohat bog‘ini barpo etish ishlari ham qizg‘in davom etmoqda. Bog‘ning umumiy maydoni 10 gektarni tashkil etadi. Bu yerda 22 turdagi zamonaviy attraksionlar o‘rnatiladi. Hudud ko‘kalamzorlashtirilib, 2500 dan ortiq 14 turdagi manzarali daraxt va gullar ekiladi. Shu bilan birga 3 ta musiqali favvora ham bunyod etiladi. Shuningdek, loyiha doirasida 500 kishilik amfiteatr hamda suniy ko‘l ham quriladi.  

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech