20 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,8 °C

IT-xabarlar
20 Avgust  2019 629

Googleda nosozlik kuzatildi

Tizimdan foydalanishdagi muammolar bir necha mamlakatlarda kuzatildi, deya xabar beradi «Downdetector» servisi.

Shikoyatlar AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Braziliya foydalanuvchilaridan tushgan.

Servisning ma'lumot berishicha, 93 foiz foydalanuvchi hisob qaydnomasiga kira olmagan, 6 foizi qidiruv tizimidagi muammolardan shikoyat qilgan.

Bundan oldin 12-avgust kechasi Google qidiruv tizimida nosozlik kuzatilgandi. Shikoyatlarning 17 foizi tizimda avtorizatsiya bilan bog‘liq va foydalanuvchilarning 82 foizi qidiruv so‘rovini bajarishdagi muammolardan shikoyat qilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech