06 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5,8 °C

Energetika
24 Sentyabr  2019 996

G‘ijduvonda shamol elektr stansiyasi quriladi

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida Xitoyning “Lioaning Lide” korporatsiyasi bilan hamkorlikda shamol elektr stansiyasini qurish borasidagi loyihani amalga oshirish doirasida shamol kuchini o‘lchashga mo‘ljallangan machtani o‘rnatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar qiladi.

Loyihaning umumiy qiymati 1,8 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib, ishlab chiqarish quvvati 1,5 ming MVtga teng. Hokimlik tomonidan 6 ming ga. yer ajratib berildi. Loyihaning 3 bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Birinchi bosqichda 200 MVt quvvatli elektr stansiyasini qurish uchun 240 mln. dollar qiymatidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyani jalb qilish belgilangan.

Marosimda Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoev, “Lioaning Lide” prezidenti Chjan Yulian, O‘zbekistonning aloqador vazirlik va idoralari vakillari ishtirok etdi.

Viloyat hokimi o‘z nutqida aloqador idoralar rahbarlariga, jumladan, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizning Xitoydagi Elchixonasiga “Lioaning Lide” korporatsiyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mazkur loyihani amalga oshirishda faol ko‘maklashgani uchun minnatdorchilik izhor etdi.

Xitoyning “Lioaning Lide” korporatsiyasi prezidenti Chjan Yulian o‘z kompaniyasining kelajakda ham ilg‘or xalqaro tajriba va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida yirik investitsiya loyihalarini jalb qilish va amalga oshirish uchun intilishini bildirdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech