16 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25 °C

Dolzarb
28 Iyun  2019 3165

Yevropada anomal issiqlik hukm surmoqda

Sinoptiklar buni Sahroyi Kabirdan esgan alohida shamol oqimlari sabab, deya izohlamoqda.

Prognozlar tasalli beruvchi emas – bunday jazirama yoz 2003-yildan beri kuzatilmagandi. O‘shanda jaziramadan 14 ming kishining vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Germaniyada harorat o‘lchagich ko‘rsatkichi jadal sur’atlar bilan yuqorilamoqda. Koshen shahrida – Selsiy bo‘yicha 38,6 daraja qayd etildi. Hukumat aholi xavfsizligini ta’minlash uchun qo‘shimcha choralar ko‘rmoqda. Mamlakat bo‘ylab yo‘llarda jazirama natijasida buzilayotgan asfalt qoplama sabab tezlikni cheklash chorasi qo‘llanilmoqda, Saxony-Anhalt avtotrassasida tezlik soatiga 120 km.ga cheklab qo‘yildi.

Sinoptiklar Fransiya uchun Selsiy bo‘yicha 45 issiq bo‘lishini prognoz qilmoqda.

Ba’zi shaharlarda suv bepul tarqatilyapti, favvoralar, shahar havzalari va bog‘lar tungi ish rejimiga o‘tgan. «The Guardian»ning xabar berishicha, Parij, Lion, Strasburg va Marsel shaharlari markazlariga eski avtomobillarda kirish taqiqlagan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech