23 Fevral 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,1 °C

Agrosеktor
24 Dekabr  2019 1754

Jizzaxda O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi tashkil etildi

«Jizzax viloyatida zamonaviy agrologistika kompleksini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Hukumat qarori (23.12.2019 y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar qiladi.

Qarorga muvofiq, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida zamonaviy agrologistika kompleksini barpo etish maqsadida MChJ shaklidagi «BMB-NRC Agrologistics» O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi tashkil etildi.

2023-yil 1-yanvarga qadar:

- O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan va agrologistika kompleksi tomonidan olib kelinadigan (tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha) xomashyo, uskuna, maxsus transport vositalari va texnika uchun bojxona to‘lovlari (QQS va bojxona yig‘imidan tashqari) to‘lashdan;

- agrologistika kompleksiga chet eldan jalb qilinadigan mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan foyda solig‘i to‘lashdan ozod etildi.

Qaror bilan, shuningdek, «Jizzax viloyatida zamonaviy agrologistika kompleksini tashkil etish» loyihasini amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi tasdiqlandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech