19 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,8 °C

Transport
10 May  2019 884

Dushanbe shahrida elektrsiz ham yuradigan trolleybuslar qatnay boshladi

Ular ma’lum bir maqsad bilan, ya’ni yo‘llardagi tirbandliklarni kaymaytirish uchun xarid qilingan.

«Kontaktsiz», deb nomlangan trolleybuslar Belorussiyaning «Belkommunmash» zavodida ishlab chiqarilgan. Mazkur transport vositasi elektr tarmog‘ida va avtonom rejimda ham harakatlana oladi. Batareyalarda saqlangan energiya 15 kilometrgacha bo‘lgan masofaga yetadi, deya xabar beradi ASIA-Plus.

Uning texnik tavsiflari:

- yo‘lovchi sig‘imi - 90 kishi;

- kuzovining uzunligi - 11,93 m,

- eni - 2,55 m.

Trolleybuslarda yong‘in o‘chirish tizimi, axborotni yozish va saqlash funksiyasiga ega videokuzatuv moslamasi, salon ichini shamollatish tizimi va haydovchi kabinasi mavjud.

Ularning «kniling» tizimiga (kirish-chiqish oson bo‘lishi uchun poli yergacha tushadi) va nogironligi bo‘lganlar uchun panduslar (apparel)larga egaligi aytilmoqda.

To‘rtta trolleybus uchun bir million dollar mablag‘ to‘langan.

Bugun Dushanbe ko‘chalarida yettita yo‘nalish bo‘ylab 87 ta trolleybus qatnamoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech