10 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,5 °C

Energetika
19 Noyabr  2019 649

Buxoroda gaz uchun 407 million so‘m ortiqcha hisoblangani aniqlandi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan 2018-yilning aprel oyidan 2019-yilning aprel oyigacha bo‘lgan davr mobaynida ulgurji iste'molchilarga (byudjet tashkilotlari va xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar) tabiiy gaz va elektr energiyasini yetkazib berish holati  o‘rganildi, deb xabar qiladi qo‘mita matbuot xizmati.

O‘rganish jarayonida, iste'molchilarga yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun qo‘llanilgan narx va tariflar ham tekshirildi. Natijada,  “Buxorogaz” tomonidan 300 ta iste'molchilarga 407 million 589 ming so‘m, ortiqcha to‘lov hisoblanganligi ma'lum bo‘ldi.

Hududiy boshqarma tomonidan “Buxorogaz”ga nisbatan ish qo‘zg‘atildi va noqonuniy hisoblangan 407 mln. 589 ming so‘mni ulgurji iste'molchilar hisobiga qayta hisob-kitob qilish to‘g‘risida ko‘rsatma berildi.

Shuningdek, viloyat statistika boshqarmasidan olingan ro‘yxatga binoan  qum va chaqiqtosh (sheben) qurilish mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati ham o‘rganildi.

Ushbu korxonalarga yetkazib berilgan elektr energiyasiga qo‘llanilgan narx va tariflar tekshirilganda, mazkur korxonalarni qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi profil korxonalar  tarkibiga kiritmagan holda, 1 kVt elektr energiyasi uchun  belgilangan 228,6 so‘m o‘rniga  365,76 so‘mdan hisoblagani, natijada  8 ta qum chaqir tosh (sheben) qurilish mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonaga jami 141 million 847 ming so‘m ortiqcha  to‘lov hisoblangani aniqlandi.

O‘rganish yakuni bo‘yicha, Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan viloyat elektr tarmoqlari korxonasiga nisbatan ish qo‘zg‘atildi va noqonuniy olingan summani  iste'molchilarga qayta hisob-kitob qilish to‘g‘risida ko‘rsatma berildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech