17 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,8 °C

Dolzarb
24 Iyun  2019 2236

Bangladeshda poezd temir izlardan chiqib ketdi

Xabarda keltirilishicha, besh kishi halok bo‘lgan va yuzga yaqin odam jarohatlangan.

Yo‘lovchi poezdi Bangladeshning sharqiy qismidagi Maulvibazar viloyatidagi ko‘prikda temir izlardan chiqib ketgan.

Voqyea haqida «Daily Star» mahalliy gazetasi ma'lum qiladi.

Silxetdan poytaxt Dakka tomon yo‘l olgan Upaban Express poezdi vagonlaridan biri relslardan chiqib, kanalga tushib ketgan. Yana ikkita vagon kanal qirg‘oqlariga yaqin joyga qulagan. Bir nechta vagon esa relslardan chiqib ketgan.

Voqyea joyiga 13 ta yong‘in o‘chirish va beshta tez yordam mashinasi jo‘natilgan. Halok bo‘lganlarning jasadlari kanaldan chiqarib olingan, jabrlanganlar esa shifoxonalarga jo‘natilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech