27 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,4 °C

Mamlakatimizda
1 Aprel  2019 864

Uzoq ovullardagi muammolar ham hal etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi o‘rinbosari A.Usmonovning navbatdagi ommaviy sayyor qabuli Zarafshon shahrida o‘tkazildi. 

 

Sayyor qabulda A.Usmonov bilan birga viloyat prokurori Sh.Aminov, viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i A.Bozorov, viloyatdagi boshqarma va idoralar boshliqlari hamda boshqa mutasaddilar ishtirok etdi. 

Sayyor qabulda Uchquduq tumani va Zarafshon shahrida istiqomat qiladigan 110 nafar fuqarolarning murojaati qayd etildi. “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak”, degan tamoyilga amal qilinib, yig‘ilib qolgan muammolarga joyida yechim topish, fuqarolarning roziligiga erishish birinchi masala sifatida kun tartibiga qo‘yildi. Aholini tashvishlantirayotgan muammolar tinglanib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas'ul shaxslar biriktirildi. Murojaatlarning aksariyatini bandlik, yo‘l, tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda pasport tizimi bilan bog‘liq masalalar tashkil etdi.

– 1987-yili Qozog‘iston Respublikasiga ko‘chib ketgandim, – deydi uchquduqlik Urnisha Siddikova. – 1995-yilda esa doimiy yashash uchun O‘zbekistonga qaytdim. Ayni paytda O‘zbekiston fuqarosi emasman. Men tug‘ilgan mamlakat fuqaroligiga qabul qilinishimda amaliy yordam so‘radim. Mas'ullarga rahmat! Ular menga huquqiy maslahat berib, kerakli hujjatlarni rasmiylashtirishga va'da berishdi. Uzoq ovoragarchilikdan so‘ng ishning bunchalik oson hal etilishi davlatning oltin fondi hisoblangan insonga bo‘lgan e'tiborning oliy namunasi deb o‘ylayman.

Sayyor qabulda mas'ullarga topshirilgan masalalarning ijrosi yaqin kunlarda muhokama etilishi belgilandi.

Tomdi tumani “Aqtau” ovul fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan ommaviy sayyor qabulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari A.Usmonov, Navoiy viloyat Xalq qabulxonasi rahbari F.Quvandiqov, Navoiy viloyat prokurori Sh.Aminov, Navoiy viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari A.Bozorov, viloyat va tuman korxona, tashkilotlari rahbarlari qatnashdi.

Ovulda yashovchi fuqarolar ishtirok etgan qabulda aholi tomonidan    26 ta murojaatlar tushdi. Ushbu muammolar belgilangan tartibda ijro uchun qabul qilinib, nazoratga olindi.

“Aqtau” ovul fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro Bayshinov Beysinbay yolg‘iz yashashi, qarovchisi yo‘qligi sababli, yashab turgan uy-joyi kadastr qilinmaganligi, hujjatlarni rasmiylashtirish uchun to‘lov imkoniyati yo‘qligini bildirdi. Xalqimizga xos bo‘lgan insonparvarlik, el dardiga malham bo‘lish shu joyda namoyon bo‘ldi. Viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i A.Bozorov mazkur muammoni shaxsan o‘zi zimmasiga olib, qisqa muddatda xonadonning kadastr hujjatlarini murojaat egasiga topshirishga va'da berdi. Tuman kadastr bo‘limiga zarur hujjatlarni  rasmiylashtirish topshirildi. B.Bayshinov quvonchlarini tashakkur orqali izhor etib, oddiy insonga e'tibordan mamnunligini bildirdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech