22 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,6 °C

Mamlakatimizda
7 Mart  2019 1793

Uzcard to‘lov tizimida nosozliklar kuzatildi, bunga bayram sabab bo‘ldimi?

Bugun, 7-mart kuni soat 10:00dan Uzcard to‘lov tizimida nosozliklar kuzatildi, ayrim hududlarda esa tizim mutlaqo ishlamay qoldi.

Yagona umumrespublika protsessing markazi (YaUPM) matbuot xizmatining izoh berishicha, tizim faoliyatidagi qisqa muddatli uzilishlarga Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami arafasida tranzaksiyalar sonining oshgani sabab bo‘lgan. Ayni vaqtga kelib tizim barqaror ishlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil sentyabrida Uzcard qariyb ikki kun davomida ishlamay qolgandi. Uzilishlar oqibatida davlat taxminan 27 milliard so‘m pul yo‘qotgani ma'lum qilingandi. 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech