12 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,5 °C

Yashil sayyora
27 Sentyabr  2019 1204

O‘zbekiston Stokgolm konvensiyasining ishtirokchisi bo‘ldi

2019-yil 26-sentabr kuni Turg‘un organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasi O‘zbekiston Respublikasi uchun kuchga kirdi. Hujjat 2001-yil 22-mayda Stokgolm shahrida qabul qilingan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qiladi.

Bugungi kunda 183 ta mamlakat ushbu Konvensiyaning ishtirokchisi hisoblanadi.

Ushbu xalqaro shartnomaning maqsadi aholi salomatligi va atrof-muhitni Turg‘un organik ifloslantiruvchi moddalar (TOIM) ta'siridan himoya qilishdir.

Konvensiya qoidalariga muvofiq tomonlar TOIM ishlab chiqarish, import qilish, eksport qilish, ko‘mish va ulardan foydalanishni nazorat qilishni, shuningdek, mavjud TOIMni almashtirish uchun qo‘llash mumkin bo‘lgan eng yaxshi texnologiyalar va usullardan foydalanishga ko‘maklashish majburiyatini zimmalariga oladilar.

O‘zbekiston Respublikasining Konvensiyadagi ishtiroki TOIM bilan bog‘liq ekologik vaziyatni yaxshilash, aholi, atrof-muhit, o‘simlik va hayvonot dunyosiga ehtimoliy salbiy oqibatlarini oldini olish imkonini beradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech