14 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +4,9 °C

IT-xabarlar
21 Dekabr  2018 2557

O‘zbekiston robototexnika bo‘yicha olimpiadada ishtirok etadi

Filippin poytaxti Manilada Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi hamda Xalqaro rabototexnika olimpiadasi qo‘mitasi («IROC» - International Robot Olympiad Committee) o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Ushbu hujjat bilan yurtimizdagi mazkur markaz qo‘mitaning O‘zbekistondagi rasmiy vakili ekani belgilab qo‘yildi. Markaz hududiy tanlovlarni o‘tkazishga mas’ul, O‘zbekiston terma jamoasiga munosib nomzodlarni saralab oladi va uning ishtirokini ta’minlaydi, shuningdek, istiqbolda turnirning yurtimizda o‘tkazilishi huquqini qo‘lga kiritishi mumkin.

Mazkur loyihadan maqsad – O‘zbekistonda robototexnikani ommalashtirish, yoshlarning innovatsion texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, ijodiy fikrlashni rivojlantirish, shuningdek, dunyoning turli burchaklaridan iste’dodli yoshlarni mamlakatimizga jalb etishdan iboratdir, deya xabar beradi Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati.

O‘z axborotimiz
Innovatsion rivojlanish vazirligi surati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech